📚 AZIZ KITOBXONLAR, SIZNI G‘ALLAOROLDA KUTAMIZ!

G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB–O‘ZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Haftalik davomida turli seminar va treninglar, kitob ko‘rgazmalari, yangi nashrlar taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar hamda qiziqarli madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Barcha kitobsevar yurtdoshlarimizni ushbu haftalikda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📖 Kitob — ma’rifat manbai, kelajak poydevori!
Sizni G‘allaorol tuman Axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!