“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Jarayon
G‘allaorol tuman axborot-kutubxona markazida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tumanning turli sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va salohiyati, oiladagi ibratli faoliyati hamda jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi bilan e’tirofga sazovor bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.
Mazkur milliy tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi 340-IV-sonli qarori asosida tashkil etilib, yuksak ma’naviyatli, faol va fidoyi ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi o‘rnini e’tirof etish hamda munosib rag‘batlantirishga qaratilgan.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z faoliyati, erishgan yutuqlari va hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.